Hamkorlik munosabatlari kengaymoqda

Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali va O’zbekiston sambo Assotsiatsiyasi o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir memorandum imzolandi.

Ushbu memorandumning imzolanishidan asosiy maqsad jismoniy tarbiya va sport sohalarida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, Filial xodimlari, talabalari va Yunusobod tumani yoshlarini jismonan sog‘lom, barkamol shaxs sifatida shakllanishini ta’minlashdan iborat.

Tomonlar davomli munosabatlarda bir- birlariga muvaffaqiyat tiladilar. O'zaro sheriklik faoliyatini yanada rivojlantirish bo'yicha rejalarni muhokama qilib oldilar.

Улашиш:

Тег: Янгиликлар