Hurmat bilan Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan Filiali jamoasi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4166-son qarori bilan tashkil etilgan Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali o‘z faoliyatini boshlaganiga deyarli ikki yil bo‘ladi.

Hukumatimiz tomonidan Filial direktori etib tayinlangan Baxtiyar Djumaniyazovich Abdullayev rahbarligida Filial faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida zamonaviy, yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, professor-o‘qituvchilar va xodimlarni haqqoniy va shaffof  tanlov asosida ishga qabul qilish, ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish, moddiy-texnik bazani shakllantirish va sifatli ta’lim jarayonini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 18-yanvardagi qarori bilan, Abdullayev Baxtiyar Djumaniyazovich o‘z xohishiga ko‘ra, yozgan arizasiga binoan Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filiali direktori lavozimidan ozod etildi.

—Filial jamoasi Abdullayev Baxtiyar Djumaniyazovichni halol, obyektiv, ilmli, samimiy rahbar, qolaversa ustoz sifatida qadrlaydi. Shunday rahbar bilan bir jamoada ishlagani bilan faxrlanadi. B. Abdullaevga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, oilaviy baxt, kelgusi faoliyatlarida omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.

Улашиш:

Тег: Янгиликлар