REYTING KO‘RSATKICHLARDA SAMARADORLIKKA ERISHISH

Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida professor-o‘qituvchilar ishtirokida Toshkent davlat yuridik universitetining Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi xodimlari jalb etilgan holda  Oliy ta’lim muassasalari reytingini hisoblash metodikasi asosida Filialning reyting ko‘rsatkichlarini yanada oshirishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.

♻️Filialda o‘tgan davr mobaynida Oliy ta’lim muassasalari reytingini hisoblash metodikasi asosida reyting ko‘rsatkichlarni yaxshilash borasida amalga oshirilgan bir qator ishlar, bu borada erishilgan natijalar yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar tinglandi. Filialning reyting ko‘rsatkichlarini oshirishda samaradorlikka erishish, bu boradagi ishlarni yanada yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan rejalar muhokama qilindi.

⚜️Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan Filialning reyting ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirilib, Filialda ilmiy salohiyatni yuksaltirish, o‘quv-metodik ishlar va o‘qitish sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan  vazifalar belgilab olindi.

Улашиш:

Тег: Янгиликлар